Mazkur videolavha Samarqandning tarixiy-madaniy obidalari, shuningdek, “Boqiy shahar” majmuasi va zamonaviy aeroport haqida hikoya qiladi.
Videolavha Xitoy auditoriyasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, matnlarga xitoy tilida ovoz berish yosh sanʼatkor-ijodkor Shirin Abdullayeva tomonidan amalga oshirilgan.
“Ipak yo‘li hikoyalari: Samarqand” videolavhasi Xitoy axborot makonidagi ijtimoiy tarmoqlarda, yetakchi telekanallarda, internet sahifalarida, shuningdek, turli madaniy-turizm tadbirlarida keng namoyish etiladi.
Xitoyda O‘zbekiston sayyohlik salohiyatini targ‘ib etish bo‘yicha elchixona «Shanghai Art Fair International Exhibition Co. Ltd» kompaniyasi bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Xuddi shunday videolavhalar Buxoro, Xiva va Qo‘qon shaharlari hamda O‘zbekistonning boshqa diqqatga sazovor maskanlari bo‘yicha ham tayyorlanishi rejalashtirilgan.
Mazkur videolavhalar turkumini tayyorlashdan maqsad O‘zbekistonga xorijiy sayyohlar oqimini yana-da kengroq jalb etishdan iboratdir. Shu boisdan ushbu videohikoyalarni ingliz, fransuz, nemis, yapon, koreys, ispan tillariga ham tarjima qilish ko‘zda tutilgan.