Issiqlik uchun to‘lov ulangan kundan boshlab hisoblanadi — “Veolia Energy”

    Toshkent shahar hokimining 2024-yil 4-noyabrdagi 785-14-0-Q/24-sonli qaroriga asosan isitish mavsumi 7-noyabrdan boshlanadi.

    “Veolia Energy”ning xabar berishicha, issiqlik taʼminoti uchun toʻlov ulangan kundan boshlanadi. Issiqlik taʼminotini ulash sanasi Boshqaruv kompaniyasi tomonidan imzolangan ikki tomonlama dalolatnomada qayd etilgan kundan boshlanadi.

    — Issiqlik taʼminoti bilan avvalo, ijtimoiy soha obyektlari bogʻchalar, maktablar, shifoxonalar, soʻngra turar-joy binolari va maʼmuriy binolar taʼminlanadi.

    — Agar xonadondagi isitish taʼminoti bir maromda boʻlmasa yoki sovuq boʻlsa, uyga qarashli boʻlgan Boshqaruv kompaniyaga murojaat qilish zarur.

    — Shuningdek issiqlik tarmoqlarida avariya holatlari aniqlangan taqdirda 1347 qisqa raqamga qoʻngʻiroq qilish soʻraladi.