Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buvayda tuman boʻlimi tomonidan IIB hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Dodho” MFY hududida X.A.ning boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatib koʻzdan kechirilganda, ushbu avtomashina yuk xonasida hech qanday hujjatlarsiz jami 206 kg isteʼmolchilarning hayoti va sogʻligʻi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan qoramol goʻshtini Qoʻqon shahrida oʻtkazish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.