Istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga Yevropa biznesi jalb etiladi

    Biznes 6 Noyabr 2024 589

    Xabaringiz bor, Toshkentda EUROUZ Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan 2024-yilgi Yevropa iqtisodiy kunlari davom etyapti.

    Tadbir doirasida Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yevropa biznesi assotsiatsiyasi, SUEZ, Roche xolding, KONE korporatsiyasi, Metso korporatsiyasi, Elematic, Telko, Wartsila korporatsiyasi va boshqa kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi.

    Muzokaralar chog‘ida qo‘shma loyihalar va yangi tashabbuslarni hayotga tatbiq etishning amaliy jihatlari muhokama etildi. Shu bilan birga, xorijiy kompaniyalarning texnologik, sarmoyaviy va ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish zaruratidan kelib chiqib, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini chuqurroq o‘rganish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga Yevropa biznesini jalb etish bo‘yicha chora-tadbirlar kelishib olindi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.