Italiyaning “COTONELLA” kompaniyasi rahbarlari Qashqadaryoda

    Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov va Koʻkdala tumani hokimi Xurram Joʻrayevlar kompaniya bosh direktori Spagnolo Renato, bosh direktorning mintaqaviy loyihalar boʻyicha oʻrinbosari Moreschi Marko va kompaniyaning Oʻzbekistondagi ijrochi direktori Inagomdjanov Dovrugʻlar bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi.

    Maʼlumot oʻrnida, Koʻkdala tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 8-sentyabr kuni Italiya davlatida boʻlib, mashhur italyan brendi hisoblangan “COTONELLA” brendini Koʻkdalaga olib kelish yuzasidan muzokaralar olib borgan edi. Natijada tumanda yangi loyihalarni amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan va memorandum imzolangan edi.

    5 mln. dollar sarmoya evaziga Koʻkdalada tashkil etilayotgan mazkur korxona tomonidan yiliga 8 mln. donagacha tayyor trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish va Yevropa bozorlariga eksport qilish rejalashtirilgan.

    Birinchi bosqichda 1 mln. dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb qilinib, 100 ta doimiy ish oʻrinlari yaratiladi. Kelgusida korxonada mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini yiliga 8 mln. donaga yetkazib, 500 nafar mahalliy aholi bandligi taʼminlanadi va Italiyaning yetakchi tikuv texnologiyalari va malakali mutaxassislari jalb qilish koʻzda tutilmoqda.

    Uchrashuvda tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish, ishlab chiqarish va eksport hajmini oshirish boʻyicha kelishuvga erishib olishdi.