Janubiy Amerikadagi eng qadimiy qoyatosh rasmlari topildi

    Xalqaro olimlar guruhi Janubiy Amerikadagi qoyatosh san'atining eng qadimgi namunasini aniqlashdi. Tadqiqotda radiokarbonli tahlildan foydalanildi.

    Qoyatosh rasmlari Patagoniyada topilgan. Bu hudud materikning janubiy nuqtasida joylashgan. Avvalgi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, odamlar u yerda taxminan 12 ming yil oldin – sayyoramizning boshqa ko'plab qismlariga qaraganda ancha kechroq o'rnashgan.

    Patagoniyaning birinchi aholisi haqida ma'lumotlar ko'p emas. Olimlarning fikriga ko'ra, ular juda noqulay sharoitlarda yashagan. Shunga qaramay, aholi bu yerda uzoq vaqt yashab, g'orda o'zlaridan qoyatosh rasmlarini qoldirishgan.

    Kueva-Uenull 1 deb nomlangan joyda 900 ga yaqin rasmlar saqlanib qolgan.

    Tadqiqotlar eng qadimgi rasmning yoshi 8200 yil ekanini ko'rsatdi. U Janubiy Amerikadagi eng qadimiy qoyatosh rasm deb tan olindi.

    Dunyoda bundan ham qadimiy qoyatosh rasmlari ham bor. Eng qadimgi namunalar Indoneziyadan topilgan – olimlarning fikriga ko'ra, ularning yoshi 44 ming yil, deb xabar beradi mir24.tv.