Unda akademiyaning jamoat salomatligi va menejment kafedrasi mazkur loyiha doirasida boʻlgʻusi shifokorning muloqot kompetensiyasini shakllantirish boʻyicha qilinayotgan ishlar taqdimotini oʻtkazdi.
Konferensiyada Gretsiyaning Salonikidagi Aristotel, Buyuk Britaniyaning Lids, Qozogʻistonning NCJSC “Qaragʻanda tibbiyot universiteti” va S.Asfendiyarov nomidagi Qozogʻiston Milliy tibbiyot universiteti yetakchi mutaxassislari, shuningdek, talabalar ishtirok etdi.
Anjumanda ishtirokchilar huzurida namoyish etilgan kichik sahna koʻrinishida shifokor va bemor oʻrtasidagi munosabatlar aks etdi. Unda tibbiyot xodimlari faoliyatida muloqot oʻrnatish qobiliyatiga ega boʻlishning bemorning muammosini tushunish, kerakli maʼlumotlarni olish va muvaffaqiyatli davolashdagi ahamiyati oʻz ifodasini topdi.
Sahna koʻrinishi shifokorning kasbiy funksiyalarini bajarish sifatiga qoʻyiladigan muhim talab — mutaxassisning muloqot oʻrnatish mahoratini ochib berdi. Muzokaralarda zamonaviy tibbiyot universitetlarining vazifasi boʻlajak mutaxassislar oʻrtasida kommunikativ kompetensiya asoslarini rivojlantirishda eng ilgʻor pedagogik texnologiyalarni targʻib etish borasidagi takliflar bildirildi, deyiladi akademiya axborot xizmati xabarida.