Bundan koʻzlangan asosiy maqsad EIZ rezident-korxonalariga birja savdosi va elektron tijoratning bozor vositalaridan foydalangan holda oʻz mahsulotlarini sotishda koʻmaklashishdan iboratdir.
Mazkur memorandumlar 2020-yil – “Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da davlat dasturlarini amalga oshirish, hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining importni qisqartirish va tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish boʻyicha topshiriklarning ijrosini taʼminlash doirasida imzolandi.
Erishilgan kelishuvlar koʻra erkin iqtisodiy zonalarining Direksiyalari bilan oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirishni, Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining savdo platformalari orqali erkin iqtisodiy zonalarining rezident-korxonalarining mahsulotlarini ichki va tashqi tovar bozorlarga olib chiqish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. Xususan, birjaning yarmarka.uzex.uz koʻrgazma-yarmarka savdosi elektron tizimida EIZ korxonalari uchun ixtisoslashgan raqamli savdo platformasi ishlab chiqildi va joriy etildi.
Ixtisoslashgan elektron savdo tizimida korxonalar oʻz mahsulotlarini bozor narxlarida onlayn tarzda sotish imkoniyatiga ega boʻlishadi, bu esa mijozlarni qamrab olish koʻlami va mahsulotlarni yetkazib berish geografiyasini sezilarli darajada kengaytiradi. Alohida ixtisoslashgan savdo platformasining yaratilishi xaridorlarga erkin iqtisodiy zonalarining tovar ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini tezkor va osonlik bilan izlab topishga imkon beradi. Bunda savdo ishtirokchilari birjaning hisob-kitob kliring palatasi orqali tuzilgan bitimlarning ijrosini kafolatlash mexanizmidan ham erkin foydalanishlari mumkin. Kafolatlash mexanizmi savdo ishtirokchilarining oʻzaro ishonchini taʼminlaydi va tomonlarning shartnomaviy intizomini mustahkamlaydi.
Shu bilan birga, onlayn savdolarni elektron raqamli imzodan foydalangan holda amalga oshirish mumkin. Bu esa savdo operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan tranzaksion xarajatlarni kamaytiradi. Kelajakda ushbu loyihani elektron davlat xaridlari tizimi bilan integratsiyalash ham rejalashtirilgan.