Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida yashovchi M.S., ariza bilan murojaat qildi.
Murojaatda aytilishicha, shaharda qurilishi rejalashtirilgan “Jomeʼ masjid” uchun ochilgan bank kartasi maʼlumotlarini ehson qiluvchilarga tarqatish uchun telegram messenjerida eʼlon qoldirgan.
Shundan soʻng oʻzini Rossiya Federatsiyasida ishlovchi ayol sifatida tanishtirgan nomaʼlum shaxs 150 AQSH dollari miqdoridagi pullarni ehson qilmoqchi ekanini bildiradi.
Bank karta boshqaruvi uchun kelgan SMS-xabarni qoʻlga kiritish orqali mavjud 73.400.000 soʻm pullarni oʻzlashtirib oladi. Arizachi nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻraydi.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yashovchi 1996-y.t., E.A. va uning jinoiy sherigi Toshkent shahar Sergeli tumanida yashovchi 2002-y.t., N.J.lar sodir etganligi aniqlangan.