Oʻzbekiston va Tojikiston hamkorligida suratga olinishi moʻljallangan "Yulduzlar shuʼlasi: Jomiy va Navoiy" filmi ijodkorlari ijodiy safarda boʻlib, viloyat teatrlarida fotoprobalar oʻtkazmoqda.

Maʼlumot uchun, tarixiy-badiiy film Tojikfilm va Oʻzbekfilm kinokonserni hamkorligida suratga olinishi koʻzda tutilgan. Filmda Jomiy va Navoiy oʻrtasidagi ustoz-shogirdlik anʼanalari, doʻstlik va sadoqat kabilar aks etadi. 

Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy Temuriylar davri  Renessansining eng yirik siymolari hisoblanadi. Filmda nafaqat Jomiy va Navoiy oʻrtasidagi ustoz va shogirdlik munosabatlari, balki ikki qardosh xalqning doʻstligi, qonu-qarindoshligi ham aks etadi.