Davolash muassasalariga qo‘yilgan talablar yengillashtirildi. Endilikda klinikalar hududi atrof o‘ralishi va qo‘riqlanishi, bagaj saqlash uchun xona mavjud bo‘lishi, vaqtinchalik foydalanish uchun inventarlar taqdim qilish talablari bekor qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 15 oktyabrdagi O‘RQ-641-sonli “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasiga muvofiq mehmonxona va o‘xshash joylashtirish vositalarida nogironlar uchun sharoitlari bo‘lgan kamida bitta xonaning mavjud bo‘lishi hamda xonani jihozlash bo‘yicha talablar kiritildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining2020 yil 10 iyuldagi 433-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli holatlarning mamlakat turizm sohasiga salbiy taʼsirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ga muvofiq tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish va ular xavfsizligini taʼminlash maqsadida mehmonxona va o‘xshash joylashtirish vositalarida elektron dastur bilan integratsiyalashgan elektron kalitli (plastik magnit karta) elektron qulflar va “Xavfsiz turizm” va “Xavfsiz shahar” tizimlari bilan integratsiyalashgan videokuzatuv tizimlarini mavjud bo‘lishi talablari joriy qilindi. Ushbu talablar 2022 yil 3 yanvardan amalda kuchga kiradi.
Yuqoridagi qarorga muvofiq, mehmonxonalarda mijozlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish, hamda qo‘shimcha pul tushumini oshirish maqsadida uch va undan yuqori toifali mehmonxonalarda milliy hunarmandchilik mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanadigan do‘konlar va savdo shahobchalarini tashkil qilish talabi ham joriy qilindi.
O‘z DSt 3220:2017 davlat standartiga kiritilgan o‘zgartirishlar2021 yil 3 iyuldan, O‘z DSt 3296:2018 davlat standartiga kiritilgan o‘zgartirishlar 2021 yil 30 iyundan amalga kiritildi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, tadbirkorlik subyektlariga joylashtirish vositalarini davlat standartlari talablariga muvofiqlashtirish lozimligi eslatib o‘tiladi.
Turizm va sport vazirligi Аxborot xizmati