Yangi Zelandiya va Ruanda Gebreyesusning fikriga qaraganda, umumiy tibbiy yordam tizimini yaxshi yoʻlga qoʻygan.
Janob Gebreyesus boshqa mamlakatlarga murojaat qilib: “Biz jismoniy va ruhiy salomatlikka erishish uchun sayyoramizning har bir kishisining zarur tibbiy yordamdan va parvarishdan foydalana olishini taʼminlab berishimiz kerak”, — dedi.
JSST rahbari, shuningdek, shifokorlari uyma-uy kirib, aholini koʻrikdan oʻtkazib “insoniylik va mahalliy birdamlik”ni namoyish etgan Tailandni ham alohida koʻrsatdi. Janob Gebreyesusning fikricha, mazkur mamlakat boshqa bir muncha koʻproq industriyalashgan davlatlarga nisbatan sezilarli ajralib turgan.
Gʻarb mamlakatlari haqida soʻz yurita turib, janob Gebreyesus Italiyaga eʼtibor qaratadi: Uning fikricha, ushbu mamlakatga “milliy darajada hamkorlik va fanga tayanish” infeksiyaning ommaviy tarqalishining oldini olishda qoʻl kelgan.