“Biz koronavirusning havo orqali tarqalishi ehtimolini COVID -19 yuqishining bir usuli sifatida tan olamiz”, dedi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Koronavirus boʻyicha texnik rahbari Mariya Van Kerxove brifingda.
JSSTning taʼkidlashicha, nafas olish kasalligini keltirib chiqaradigan COVID -19 virusi, asosan, yuqtirgan odamning nafas olish organlaridan chiqarilgan kichik tomchilar orqali tarqaladi.
Avvalroq, bir guruh olimlar virus yopiq havoga tushadigan eng kichik zarralar orqali tarqalishi mumkin degan fikrni bildirgan va JSSTni koronavirus profilaktikasi boʻyicha tavsiyalarini koʻrib chiqishga chaqirgandi.