Unda jurnalistlar markazda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, murojaatlarni qabul qilish hamda maxsus jihozlangan mobil avtobusda aholiga sayyor xizmat koʻrsatish jarayoni bilan tanishishdi. Bundan tashqari, markazda xizmatlardan foydalanayotgan fuqarolar bilan suhbatda boʻlib, ularning davlat xizmatlari koʻrsatish sifati borasidagi fikrlarini oʻrganishdi.
Shuningdek, ishtirokchilarga subsidiya olish tartibi, bugungacha mazkur yoʻnalishda kelib tushgan murojaatlar, koʻrsatilgan xizmatlar va sohadagi yangiliklar boʻyicha ham maʼlumot berildi. Markazga oʻrnatilgan zamonaviy uskunalar, tez orada berilishi rejalashtirilayotgan yangi namunadagi kadastr pasportining taqdimoti oʻtkazilib, uning afzalliklari toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida jurnalistlar markazda tumandagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari uchun davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish, ERI kaliti olish boʻyicha tashkil etilgan oʻquv mashgʻulotlarini ham kuzatish imkoniga ega boʻlishdi.
DXA Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati