Oʻzbekistonda 2020-yil 15-avgustdan karantin cheklovlari yumshatildi. Biroq jamoat joylarida ijtimoiy masofa (2 metr) saqlash, tibbiy niqobda boʻlish talabi ham boshqa qator talablar bilan birga saqlanib qolgan.

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramay, joylarda karantin qoidalari buzilayotgan holatlar hamon kuzatilmoqda.

Jumladan, 2020-yil 30-oktyabr kuni soat 23:00da Chirchiq shahri, Alisher Navoiy koʻchasida Milliy gvardiya hamda IIB xodimlari tungi xizmat vaqtida mast holatda, karantin qoidalarini buzib tibbiy niqobsiz turgan fuqaro N.S.ga duch kelgan.

Xodimlar qonunbuzar fuqaroga karantin talablarini eslatib tanbeh berishganida N.S. faol qarshilik koʻrsatgan holda oʻng tirsagi bilan IIB xodimi S.A.ning yuz qismiga bir marta urib tan jarohati yetkazib, xizmat vazifasini bajarishga toʻsqinlik qilgan.

31-oktyabr kuni shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro N.S.ga nisbatan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hurmatli fuqarolar, barchangizdan karantin qoidalariga amal qilgan holda oʻzingiz va oila aʼzolaringizni xavf ostiga qoʻymaslikni soʻrab qolamiz!