Katantin evropada birinchi bo'lib venetsiyada joriy etilgan

    Bilasizmi? 7 Iyul 2020 2892

    Butun Evropa mamlakatlari bo'lab moxov kasalligining dastlabki epidemiyalari keng tarqaladi.

    Qora ajal ko'lankasi vaqti-vaqti bilan Evropaga ko'p bor qayta-qayta taxdid solib turdi. XIV asrda mash'um ofat shamoli mintaqa aholisining uchdan bir qismini hayotdan olib ketdi. “SHunchalik ko'p odamlar o'ldiki, ularni hech kim, hatto, eng katta mukofot evaziga ham ko'mib qo'yishni istamasdi”,— deb yozgandi “Sien xronikasi” muallifi Anolodi Tur.

    Bandargohlar shaharlarga kasallik kirib keluvchi darvoza vazifasini o'tadi. Dunyo davlatlari bilan mustahkam savdo aloqalarini o'rnatgan Genuya va Venetsiya shaharlari, ayniqsa, bu o'rinda etakchilik qildi.

    Ushbu erdagi bandargohlar orqali Evropaga nafaqat moxov, balki boshqa ko'plab kasallik mikroblari ham kirib bordi. Odatda, Senat (shahar boshqarmasi) quyidagi mazmunda buyruq chiqarardi.

    Mabodo venetsiyaliklar bandargoxdan sohilga tushayotganlar orasida moxov kasalligi alomati bor bo'lgan kishilarni ko'rib qolishsa, darhol: “Boshqa viloyatlardan kelgan birorta ham bemor Venetsiya tegrasiga kiritilmasligi, undaylar majburan galereyalarga surgun qilinishi va ularga tegishli har qanday kemalar yoqib yuborilishi haqida ma'lum qilishsin!” 1423 yili Senat ilk bor moxovni davolovchi kasalxona ochdi.

    Biroq mazkur shifo maskanida hech kimni davolay olishmadi. Negaki bu kasallikni bartaraf eta oladigan biron bir dori-darmonning o'zi yo'q edi. Oradan bir necha yil o'tib Venetsiya Evropada birinchi bo'lib karantin tartibini joriy etdi.