Konstitutsiya inson huquqlari kafolati

    Mamlakatimizda 6 Dekabr 2020 43935

    Respublikamiz mustaqillikka erishgach, 1992-yil 8-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻikkinchi chaqiriq oʻn birinchi sessiyasida mustaqil davlatimizning huquqiy asosi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.

    Asosiy Qonunimizda davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga boʻlinishi eng muhim tamoyil sifatida belgilandi.

    Bugun Konstitutsiya toʻgʻrisida, uning maʼno-mazmuni va ustuvor tamoyillari haqida soʻz yuritar ekanmiz, Asosiy Qonunimizda birinchi navbatda shaxs manfaatining davlat manfaatidan ustun etib belgilangani, inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida muhrlab qoʻyilgan.

    Mustaqil demokratik yoʻldan dadil odimlayotgan Oʻzbekistonning eng ulugʻ maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari koʻzlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan eʼtiborlidir. Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qoʻyilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II bob 13 moddasida Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanishi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi, demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va Qonunlar bilan himoya qilinishi belgilangan.

    Shuningdek, soʻngi yillarda konstitutsiyamizning qator moddalarida belgilab qoʻyilgan barcha sohalarda boʻlgani kabi sud – huquq hamda, inson huquqlarini taʼminlash sohasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

    Xususan, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha “HARAKATLAR STRATEGIYASI” qabul qilindi. Shuningdek, mamlakatimizda jinoyat ishlarini tergov qilish faoliyatini xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda yaxshilash, qonun ustuvorligi va javobgarlikning muqarrarligi prinsiplarini roʻyobga chiqarish, jinoyat-protsessual qonunchiligini yana-da takomillashtirish, jinoyat protsessida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlash boʻyicha mexanizmlar toʻliq ishga solish, shuningdek, qonunchilikda jinoyat ishlarini tergov qilish boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolatlarini aniq belgilash shuningdek,
    2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yana-da kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarda qonunga itoatkor xulq-atvorni, shaxs va jamiyatga hurmat munosabatini shakllantirishga yoʻnaltirilgan axloqan tuzatish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligini oshirish, davlatimizning xalqaro maydonda shaxsning huquq va erkinliklarini taʼminlash borasidagi ijobiy imidjini ilgari surish maqsadida: “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 19-son ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasini tugatish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilinishi, mamlakatimizning xalqaro maydondagi imidjini oshirishga, hamda mamlakatimizning inson huquqlarini taʼminlashdagi xalqaro reytinglardagi oʻrni koʻtarilishiga zamin yaratdi.

    Yurtimizda olib borilayotgan insonparvar siyosat tufayli toʻgʻri yoʻldan adashgan, bilib-bilmay xatoga qoʻl urgan fuqarolarni sogʻlom hayotga qaytarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati uchun jazoni ijro etish muassasalarida jazo oʻtayotgan hamda qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan 113 nafar fuqarolar afv etildi.

    Bundan tashqari 2019-yilda juda ham muhum boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining koʻrsatmasi bilan mamlakat tarixidagi maxsus «Mehr-1» va «Mehr-2» operatsiyasi insonparvarlik harakatlari oʻtkazildi, ushbu tadbirlar doirasida Prezidentimiz topshirigʻiga koʻra ishchi guruh tomonidan mamlakat hukumatlari va YUNISEF xalqaro bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda yaqin Sharq va Iroqdagi qurolli toʻqnashuvlar zonalaridan 261 nafar ayol va bolalar vataniga qaytarilgan edi. Ayollar va bolalar barcha qulayliklarga ega boʻlgan sogʻlomlashtirish muassasasiga joylashtirildi hamda mutaxassislar tomonidan ularga har tomonlama tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam koʻrsatilidi. Shuningdek, ularni shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar rasmiylashtirilib, homiylar va vasiylarga biriktirildi hamda bolalarni bogʻcha, maktablarga joylashtirildi.

    Shuningdek, Suriyadan oʻzbek ayollari va bolalarini olib kelish boʻyicha uchinchi gumanitar operatsiyaga tayyorgarlik koʻrilmoqda.

    Albatta bunday ishlarni amalga oshirish bir soʻz bilan aytganda, konstitutsiyamizda asos boʻlmish insonparvarlik pritsipiga sodiqligini namoyish qilish, yurtimizda kechayotgan ulkan oʻzgarishlar va yangilanishlar davrida avvalo inson huquqlarini himoya qilish va ragʻbatlantirish birlamchi vazifalardan biridir.

    Toshkent davlat yuridik universiteti

    Ixtisoslashtirilgan filiali

    oʻqituvchisi P.Qobilov rahbarligida

    Toshkent davlat yuridik universiteti

    Ixtisoslashtirilgan filiali

    2- bosqich talabasi Shoxruxbek Abdullayevning

    mualliflik maqolasi