Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi maʼlum qildi.

Tadqiqot natijalariga koʻra:

- Jamoatchilik koʻpincha korrupsiyani poraxoʻrlik va qarindosh-urugʻchilik deb tushunadi.

- 50 foizdan ortiq respondentga koʻra, korrupsiya — bu mansabni suiisteʼmol qilish va qarindosh-urugʻchilik, 40 foizdan kamrogʻi uchun esa qimmatbaho sovgʻalar berishdir.

- Aksariyat kishilar sovgʻa berishni korrupsiya emas, balki minnatdorchilik deb biladi.

- Pora olish (88,4 foiz) va pora berish (68,4 foiz) koʻpchilik tomonidan qoralanadi, ammo yaxshi xizmat uchun kichik sovgʻalar odatiydek qabul qilinadi.

- Respondentlarning 74,0 foizi korrupsiya holatlari haqida xabar berishga, jumladan, 82,2 foizi elektron platforma yoki mobil ilova orqali xabar berishga tayyor.

- 12 foiz respondent korrupsiya haqida xabar berishni salbiy holat deb hisoblaydi.

- Xabar bermaslikning asosiy sabablari sifatida korrupsiyadan oʻzlari manfaatdorligi (19,8 foiz) va kimga murojaat qilishni bilmaslik (20,4 foiz) qayd etgan.

- Soʻralganlarning yarmi xabar berish oqibatlaridan qoʻrqadi, 13,8 foizi esa minnatdorchilik belgisi sifatida oʻzi xohlab pul berishini taʼkidladi.

- Respondentlarga koʻra, “Suyunchi”, “toʻyona”, “rahmat” kabilar ham faqatgina minnatdorlik, hurmat va qoʻllab-quvvatlash uchun ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladi.

- 64 foiz respondent korrupsiyaga qarshi kurashuvchi idoralarga ishonadi.

Tadqiqotning toʻliq natijalari bilan bu yerdagi havola orqali tanishing.

Maʼlumot oʻrnida: Mazkur tadqiqot Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Koreya Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi, BMT Seul siyosat markazi va Yevropa Ittifoqi hamkorligida oʻtkazildi.