Hatto, koronavirus barham topgandek tuyuldi ham, biroq iyul oyida virus yana oʻzini namoyon eta boshladi – koʻplab mamlakatlarda kasallanishlar soni tez surʼatlar bilan oʻsishni boshladi.

Toʻgʻri, koʻpchilikda kasallikni 2020-2021-yillardagidan koʻra yengilroq oʻtkazdi. Emlash va koronavirusga avval chalingani natijasida orttirilgan immunitet yordam berdi. Bundan tashqari, Omikron shtammi Deltaga qaraganda koʻproq yuqumli, ammo kamroq xavfli boʻlib chiqdi. Aytish mumkinki, koronavirus, kutilganidek, mavsumiy grippga oʻxshash kasallikka aylandi. Biroq ekspertlar bu voqeaga nuqta qoʻyishga hali erta, deyishmoqda. SARS-CoV-2 “syurprizlarni” taqdim etishga qodir.

Bugungi kunda koronavirus – bu qanday xavf?

Ommaviy emlash, shuningdek, koronavirusni boshdan kechirgan odamlar tufayli insoniyat SARS-CoV-2 ga qarshi immunitetni tezda shakllantirishga muvaffaq boʻldi. Natijada virus immunitetni chetlab oʻtish yoʻlini topish muammosiga duch keldi. U buni hal qila oladimi? Yangi shtammlar haqidagi soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, u buni uddalamoqchi.

Soʻnggi haftalarda, deyarli butun dunyo boʻylab kasallanishlar soni koʻpaya boshlaganida, immunitetdan qochish qobiliyatini koʻrsatgan bir nechta yangi shtammlar olimlarning eʼtiborini tortdi. Kuz va qishda bir yoki bir nechta shtamm COVID-19 ning yangi toʻlqinlarini keltirib chiqarishi taxmin qilinmoqda.

Qaysi shtammlar COVID-19 ning yangi toʻlqinlariga olib kelishi mumkin?

Immunitetni chetlab oʻtishning yuqori qobiliyatini koʻrsatgan barcha shtammlar Omikronning turli xil subshtammlari hisoblanadi. Omikron oʻtgan yil davomida butun dunyoni qamrab oldi va boshqa shtammlarni siqib chiqardi. Uning koʻpgina yangi subshtammlari BA.2 shtammidan kelib chiqqan boʻlib, ular asl Omikron oʻrnini egalladi. Soʻnggi oylarda esa koʻplab shtammlar oʻz oʻrnini BA.5 variantiga boʻshatib berdi.

Ulardan biri, yaʼni BA.2.75.2 Hindiston, Singapur, shuningdek, Yevropaning ayrim mamlakatlarida tez tarqala boshladi. Ammo dunyoning turli mamlakatlarida uchraydigan BQ.1.1 shtammi hozirgi vaqtda eng keng tarqalgani boʻlib chiqdi. U, olimlarning fikriga koʻra, BA.5 variantidan kelib chiqqan.

Koronavirus: soʻnggi mutatsiyalar

Eng ajablanarlisi shundaki, yuqoridagi barcha shtammlar kelib chiqishi turlicha boʻlishiga qaramay, bir xil mutatsiyaga uchragan. Yaʼni, ular immunitet himoyasini yengishga yordam beradigan mutatsiyalarning oʻxshash kombinatsiyasiga ega. Bu turli sistematik guruhlar organizmlari oʻrtasida oʻxshashliklar paydo boʻladigan konvergent evolyutsiyaning yorqin misolidir.

Barcha viruslar virus genomidagi yarim oʻnlab asosiy nuqtalarda oʻzgarishlarni oldi. Natijada, ular emlash yoki kasallikdan kelib chiqqan antitanachalarni zararsizlantirishga qodir. Buni aniqlash uchun olimlar shtammlarning har biridan boshoq oqsilining namunasini olib, ularni monoklonal antitanachalar yoki inson plazmasiga taʼsirini sinab koʻrishdi.

Bunday testlar tadqiqotchilarga BA.2.75.2 boshoq oqsili deyarli barcha monoklonal antitanachalardan samarali ravishda qochishga qodir ekanligini aniqlashga imkon berdi. COVID-19 ni davolashda monokanal antitanachalardan foydalaniladi. Tadqiqot bunday davolash yangi shtammlarga nisbatan samarasiz ekanligini koʻrsatmoqda.

Bundan tashqari, olimlar BA.2.75.2 odamlar immunitetini samarali ravishda chetlab oʻtishini ham aniqladilar. 19-sentyabr kuni chop etilgan tadqiqotda qayd etilishicha, Karolinsk instituti olimlari oʻn sakkiz kishidan olingan namunalarining tahlil natijalari sabab BA.2.75.2 ular baholagan eng chidamli shtamm ekanligini daʼvo qilmoqdalar.

Taxminan xuddi shunday xulosaga xitoylik olimlar 23 sentabr kuni chop etilgan tadqiqotida xabar berishdi. Bularning barchasi kelgusi oylarda Omikron shtammi paydo boʻlgan oʻtgan qishdagi kabi, kasallanishning oʻsishini koʻrishimizga ishora qilmoqda.

Yangi shtamm qanchalik xavfli boʻladi? Bu haqda gapirishga hali erta, chunki ushbu shtamm bilan koʻpchilik kasallanganda aniq boʻladi. Biroq, olimlar keyingi toʻlqin virusning qaysi omillari ogʻir kasalliklarni keltirib chiqarishi yoki oldini olishi haqida maʼlumot beradi, deb umid qilmoqda. Bunday holda, olimlar u yoki bu shtammning qanchalik xavfli ekanligini oldindan aniqlashga urinadilar.