“ROMSTAR” qo‘shma korxonasi rahbari Qo‘shi Katayev Italiyaning Milan shahrida o‘tkazilgan “MILANO UNICA” Xalqaro ko‘rgazma-forumida qatnashdi. Bu haqda "O‘zbekipaksanoat" uyushmasi maʼlum qildi.
Ko‘rgazma-forum doirasida korxona rahbari o‘zining ipak mahsulotlari bilan ishtirok etayotgan Yaponiya, Italiya, Germaniya, Shveysariya, Ruminiya va Ispaniyaning yirik kompaniyalari vakillari bilan o‘zbek ipak mahsulotlari eksportini amalga oshirish hamda ipakdan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun O‘zbekistonda o‘zaro hamkorlikda yangi investitsiya loyihalarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokaralar olib borishga muvaffaq bo‘ldi.