Soʻnggi yillarda maʼnaviyat, maʼrifat masalasiga davlat siyosatining ustivor yoʻnalshini sifatida katta eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2019-yil 3-maydagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hamda 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimni tubdan takomillashtirish chara-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari bu boradigi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan oʻzgarishlar va amalga oshirilayotgan keng koʻlamli isloxotlarning natijasida Yangi Oʻzbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-maʼrifiy asoslari yaratildi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi” toʻgʻrisidagi farmoni qabul qilinganligi jamiyatimizning barcha sohalarini yangi bosqichga olib chiqishning huquqiy asoslarini tashkil etadi.
Mazkur huquqiy xujjatda, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi 7ta yoʻnalish va 100 ta maqsad kilib belgilab qoʻyilgan. Ushbu yoʻnalish va maqsadlarning har biri mamlakatimizni iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-maʼnaviy sohalarini yanada taraqqiy etishga xizmat qiladi. Jumladan, Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasining “Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish” nomli beshinchi yoʻnalish 8 ta maqsaddan iborat boʻlib, har bir maqsad mamlakatimizda maʼnaviy sohasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan isloxotlarni qamrab olgan.
Xususan, jamiyat taraqqiyoning rivojlanish jarayonida maʼnaviyat, maʼnaviy taraqqiyot, halqimizning boy tarixiy, ilmiy-madaniy merosini, milliy-diniy qadriyatlarni oʻrgatish asosiy ustuvor masalalardan biri hisoblangan. Ana shunday ekan, ushbu Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasida halqimizning maʼnaviy tafakkurini yangi bosqichga koʻtarish, ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Harakatlar strategiyasidan – taraqqiyot strategiyasi sari” gʻoyasini keng targʻib etish orqali jamiyatda sogʻlom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish muhim ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlab oʻtilgan.
Shuningdek, ushbu taraqqiyot strategiyasining “Maʼnaviy taraqqiyotni taʼminlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish” nomli beshinchi yoʻnalishida, oʻzbek xalqining milliy qadriyatlari va maʼnaviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biri ekanligi taʼkidlangan. Aholi oʻrtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish boʻyicha huquqiy maʼrifiy tadbirlarni xalqimizning boy tarixi, ilmiy-madaniy merosi, milliy-diniy qadriyatlarni oʻrgatish bilan uygʻun holda tashkil qilish kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratilgan.
Shu oʻrinda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: “Agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʻlsa, uning joni va ruhi maʼnaviyatdir” deb, Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot boʻlsa, ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli maʼnaviyat ekanligini alohida taʼkidlaydi.
Mazkur yoʻnalishda maʼnaviyatning yangi bosqichi “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshirish, mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy gʻoya asosida birgalikda kurashish, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda maʼnaviy tarbiyaning uzviyligini taʼminlash koʻnikmasini shakllantirish, “Yoshlar – Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” shiori ostida “Yangi Oʻzbekiston – Uchinchi Renessans” gʻoyasining roʻyobga chiqarilishini taʼminlashning nazariy-metodologik jihatlari amaliyotga tadbiq etilganligi, milliy maʼnaviy taraqqiyotimizning yangi bosqisga koʻtarish, xalqimizning boy maʼnaviy merosini ilmiy nuqtayi nazardan yoshlarni ongiga yetkazishdan dalalot beradi.
Jumladan, Oʻzbekiston tarixini oʻrganish va targʻib qilishni yanada rivojlantirish, Tarix fanini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish maslalariga alohida eʼtibor qaratilganligi diqqatga sazavor. Bu birinchidan, “Oʻzbekiston tarixini” fanining ilmiy-nazariy asoslarini yoritish, milliy tariximizning falsafiy-metodologik asoslarni xalqimiz, jumladan yoshlarga oʻrgatishning siyosiy jixatlarni tashkil etsa, ikkinchidan, oliy taʼlim muassalarida oʻqitilayotgan ijtimoiy-gumanitar fanlarning oʻrni va mavqeini oshirishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi, halqimizning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy sohalarini yangi bosqichga koʻtarish va halqimizning orzu istaklarini roʻyobga chiqarish, milliy manfaatlardan kelib chikkan holda inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali insonparvar davlat barpo etish, shuningdek, milliy maʼviyatimizning yangi bosqichga olib chiqishning huquqiy asoslarini tashkil etadi.
Ravshan Xudoyberganov,
Toshkent davlat transport universiteti
dotsenti, f.f.d. (DSc)