Respublikamiz hududlaridagi ipak qurti ozuqa sifatini yaxshilash, har gektar tutzordan olinadigan barg hosili xashaki va duragay tutlarga nisbatan 1,5-2,0 barobar koʼp hosil beradigan Davlat reestriga kiritilgan turli  hududlarda koʼpaytirilishga moʼljallangan navli tutlarni navdor va kasalliklardan xoli koʼchatlaridan yangi tutzorlar barpo etish maqsadida ularni “In vitro” usulida koʼplab yetishtirishni yoʼlga qoʼyishi uchun “IPAK KOCHAT KLASTER” fermer xoʼjaligida biotexnologiya laboratoriyasi va 2 ta maxsus issiqxona qurish boʼyicha Innovatsion rivolanish vaziri Ibrohim Аbdurahmonov bilan Tijoratlashtirish loyihasi yoʼnalishida 1 milliard 700 million soʼm ajratish boʼyicha uchrashuv boʼlib oʼtdi. Ushbu loyihani moliyalashtirishga kelishib olindi.

Loyihani iyunь oyida rejalashtirilgan Prezident tashrifiga qadar ishga tushirish aniq maqsad qilib qoʼyildi.

Kelishuvga asosan, asta-sekin bor tutzorlarni navli tutzorlarga almashtirish, shu bilan bir qatorda yangi tashkil qilinadigan tutzorlarni ham turli mavsumlarda qurt boqish uchun yaroqli, serhosil, xoʼjalik qiymati belgilari yuqori, turli kasalliklarga chidamli boʼlgan yangi navdagi tut koʼchatlari bilan taʼminlash maqsadida zamonaviy “in vitro” usulida koʼchatlar yetishtiriladi.