“Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot!” shiori ostida Yunus Rajabiy nomidagi drama teatrida o‘tayotgan uchrashuvda partiya vakillari, deputatlar, mahalla faollari, partiyaga xayrixoh yoshlar ishtirok etmoqda.

– Nomzod sifatidagi eng ustuvor vazifam bog‘chada tarbiyachilar, maktabda o‘qituvchilarning yangi avlodini yaratish. Oliygohlarda talabalarga tarbiya soatini o‘tadiganlar emas, o‘z sohasining yetuk mutaxassislari dars berishini taʼminlashdir. Shu maʼnoda, “Milliy tiklanish” maʼrifatni tiklamoqchi bo‘lgan, ilm va maʼrifatga asoslangan taraqqiyotni taklif qilayotgan partiyadir, – dedi Alisher Qodirov saylovchilarni o‘z dasturi bilan tanishtirar ekan.