Mars yuzasida “smaylik” aniqlandi

    Mars yuzasining yangi tadqiqotida olimlar “smaylik”ka o'xshash tuzilmani topishdi. Ma'lum bo'lishicha, u faqat muayyan sharoitlarda yuzaga keladi.

    Tuzilmani qadimiy, quriganiga uzoq vaqt bo'lgan ko'l qoldig'i deb topishdi. Olimlarning fikricha, unda Qizil sayyoradagi avvalgi hayot belgilari bo'lishi mumkin.

    Obyekt xlorid tuz konlari halqasidan va bir juft “ko'z” – meteorit kraterlaridan iborat. Odatda, bunday konlarni sirtning qolgan qismidan ajratib bo'lmaydi. Ammo infraqizil kameralardan ko'rilganda ular pushti rang yoki binafsha rangda ko'rinadi.

    Umuman olganda, kuzatishlar davomida olimlar Marsning turli mintaqalarida 965 ta turli konlarni aniqlashdi. Ularning o'lchamlari 300 dan 3000 metrga yetadi. “Smaylik”ning aniq diametri noma'lumligicha qolmoqda.

    Ushbu konlar biologik faollik xususiyatni saqlab qolish uchun maqbul sharoitlarni ta'minlashi mumkin. Shuning uchun ular astrobiologik tadqiqotlar o'tkazish uchun asosiy joy sifatida qaralmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.