Oldingi tadqiqotlar milk va miyadagi yallig'lanish o'rtasida bog'liqlik borligini ko'rsatgandi. Endi olimlar og'iz bo'shlig'ida patogen bakteriyalar mavjudligi sharoitida miya hujayralarida qanday o'zgarishlar yuz berishi mumkinligiga e'tibor qaratishdi. Buning uchun mutaxassislar mikrogliya hujayralarni – Alsgeymer kasalligi bilan bog'liq amiloid tiqinlarni olib tashlaydigan oq qon hujayralarini o'rganishdi.
Tadqiqotchilar tajriba davomida sichqonlarning milk kasalligiga sabab bo'lgan og'zidagi bakteriyalarni o'rganishdi. Ular bakteriyalarning miyaga kirib qolganini aniqlashdi. Keyin olimlar miya mikrogliya hujayralarini ajratib olishdi va ularni og'iz bakteriyalariga ta'sir ettirishdi.
Ma'lum bo'lishicha, og'iz bo'shlig'ida patogen bakteriyalar mavjud bo'lganda, mikrogliya hujayralari haddan tashqari faollashgan, neyroyallig'lanishni rag'batlantirgan va amiloid tiqinlarning yo'q qilinishining oldini olgan. Boshqacha aytganda, milkda yallig'lanish mavjudligi og'izdagi mikroorganizmlarning qon oqimiga kirib, tananing boshqa qismlariga, shu jumladan miyada aylanib yurishiga imkon beradi.
Bu kashfiyot Alsgeymer kasalligining oldini olish va davolash bo'yicha ancha samarali strategiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi, deb xabar beradi lenta.ru.