Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, polkovnik Ilhom Turgʻunov, polkovnik Zokirali Chinaliyev, polkovnik Xondamir Rahmanov va polkovnik Serik Xabibullayevning uzoq yillik xizmatlari alohida yodga olinib, ularning Vatanga sadoqati, xizmat burchiga fidoyiligi va ustoz-shogirt anʼanalariga xos fazilatlari alohida eʼtirof etilib, koʻp yillik samarali faoliyatlari yosh avlod uchun ibrat ekani taʼkidlandi.
Tadbir davomida nafaqaga kuzatilayotgan faxriy ofitserlarga chuqur hurmat va minnatdorchilik izhor etilib, Milliy gvardiya qoʻmondoni buyrugʻi bilan “Milliy gvardiya faxriysi” koʻkrak belgisi va esdalik sovgʻalari topshirildi.