Reyd tadbiri davomida “Xakim ata” OFYda yashovchi bir guruh fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda “Boʻzatov” OFY hududidagi davlat zaxira yerdan 60m³ yulgʻun oʻsimligini noqonuniy ravishda olib ketayotganlik holati aniqlandi, deya xabar beradi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya qoʻmitasining Matbuot xizmati.
Holat yuzasida fuqarolarga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-modda 1-qismiga asosan har biriga jami 40 500 000 soʻm jarima hamda tabiatga yetkazilgan zararni qoplash uchun 4 860 000 soʻm daʼvo hisoblandi.