Mudofaa sanoati davlat qo'mitasi binosida quyosh fotoelektr stantsiyasi ishga tushirildi. Uning quvvati 40 kVtga (380/50 Gts) teng.   

Quyosh fotoelektr stantsiyasi Qo'mita binosini kunduz kuni to'liq elektr energiyasi bilan ta'minlaydi.  

Ushbu quyosh fotoelektr stantsiyasi yiliga 131,0 ming kVt-soatdan ziyod elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Qo'mita ma'muriy binosi energiya samarador va energiya tejovchi uskunalar bilan jihozlanishi natijasida elektr-energiya sarfi yiliga 30-40 foizga iqtisod qilinishiga erishiladi.  

Hozirgi kunda Qo'mita tizimidagi barcha korxonalarda ham quyosh fotoelektr stantsiyalarini o'rnatish ishlari yakuniga etkazilmoqda va joriy yil yakuniga qadar ularni to'liq ishga tushirilishi ta'minlanadi.