Shuni ma’lum qilamizki, haqiqatan ham Sirdaryo viloyatida joylashgan harbiy qism infratuzilmasi о‘zgartirilishi sababli fuqaro N.A. Xodjimuratovaga harbiy qism hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun ijara shartnomasiga asosan ajratilgan joy (tikuv sexi) о‘rniga harbiy qism hududidan boshqa joy taqdim etilgan hamda tadbirkorning norozi bо‘lib bergan da’vo arizasi sud tomonidan rad etilgan. 

Keltirilgan videotasvirda mansabi katta ofitser boshqa bir ofitserga tegishli buyruq talablarini buzishga qaratilgan harakatlari uchun tanbeh berganligi aks etgan. 

Yuqoridagi holat yuzasidan Qurolli Kuchlar Intizom nizomi va Qurolli Kuchlar Ichki xizmat nizomining tegishli bandlariga asosan videotasvirlardagi harbiy xizmatchilarga intizom choralari kо‘rilgan.