Kompaniyaning muhandis-ixtirochilaridan biri bo'lgan Chjixuey Szyun velosipedda avariyaga uchrab, jarohat olganidan so'ng unda ana shunday velosiped yaratish g'oyasi tug'ilgan. Haydovchisiz boshqariladigan velosipedni yasash uchun jamoaga uni butun boshli hisoblagichlar jamlanmasidan iborat avtomatik boshqaruv tizimi, kamera va samarali apparat platformasi bilan jihozlashga to'g'ri keldi. Bundan tashqari, muhandislar yo'ldagi vaziyatlarni aniqlaydigan va transport vositasini boshqaradigan algoritmlar jamlanmasidan foydalangan. Kamera va hisoblagichlar to'siqlarni aniqlaydi, sun'iy intellekt texnologiyasi esa inson aralashuvisiz vaziyatga baho berish imkonini beradi.
Velosipedga litiyli 6S batareya modeli o'rnatilgan bo'lib, taxminan 2-3 soatga yetadi, asosiy hisoblash blokida Huawei Ascend 310 protsessoridan foydalanilgan bo'lib, u o'rindiq ostida joylashgan. Velosiped muvozanatni ta'minlovchi tizim bilan ham jihozlangan bo'lib, u yo'llardagi kichik og'ishlarga oid ma'lumotlarni ham qayta ishlaydi, orqa g'ildirak esa to'g'ridan-to'g'ri motor orqali aylantiriladi.
Velosiped hozirda sinov jarayonlaridan o'tgan, deb yozadi ixbt.com.
Mustaqil boshqariladigan velosiped ishlab chiqildi
Huawei kompaniyasi mustaqil boshqariladigan yangi transport vositasi — velosiped yaratish ustida ish olib boryapti.
Saida Mirziyoyeva "Zakovat-Gambit" şaxmat turniri ğoliblarini taqdirladi
- Buxoro Markaziy Osiyoda birinçi bölib YUNESKO Ijodiy şaharlar tarmoği konferensiyasiga mezbonlik qiladi
- FarDUda Xalqaro adabiyot va kitobxonlik festivali ötkazildi
- Urganç davlat universitetida “Buyuk mutafakkirlar xiyoboni” taşkil etildi
- “Özbekiston – Yaponiya” xalqaro taʼlim forumi: Hamkorlikning yangi istiqbollari
- Özbekistonda investitsiyalar hajmi 584,2 trln sömga yetdi