Kompaniyaning muhandis-ixtirochilaridan biri bo'lgan Chjixuey Szyun velosipedda avariyaga uchrab, jarohat olganidan so'ng unda ana shunday velosiped yaratish g'oyasi tug'ilgan. Haydovchisiz boshqariladigan velosipedni yasash uchun jamoaga uni butun boshli hisoblagichlar jamlanmasidan iborat avtomatik boshqaruv tizimi, kamera va samarali apparat platformasi bilan jihozlashga to'g'ri keldi. Bundan tashqari, muhandislar yo'ldagi vaziyatlarni aniqlaydigan va transport vositasini boshqaradigan algoritmlar jamlanmasidan foydalangan. Kamera va hisoblagichlar to'siqlarni aniqlaydi, sun'iy intellekt texnologiyasi esa inson aralashuvisiz vaziyatga baho berish imkonini beradi.
Velosipedga litiyli 6S batareya modeli o'rnatilgan bo'lib, taxminan 2-3 soatga yetadi, asosiy hisoblash blokida Huawei Ascend 310 protsessoridan foydalanilgan bo'lib, u o'rindiq ostida joylashgan. Velosiped muvozanatni ta'minlovchi tizim bilan ham jihozlangan bo'lib, u yo'llardagi kichik og'ishlarga oid ma'lumotlarni ham qayta ishlaydi, orqa g'ildirak esa to'g'ridan-to'g'ri motor orqali aylantiriladi.
Velosiped hozirda sinov jarayonlaridan o'tgan, deb yozadi ixbt.com.
Mustaqil boshqariladigan velosiped ishlab chiqildi
Huawei kompaniyasi mustaqil boshqariladigan yangi transport vositasi — velosiped yaratish ustida ish olib boryapti.
O‘zbekistonda o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish choralari kuchaytirildi
- “Tezroq harakat qiling, Oʻzbekiston bozoriga kirishga shoshiling” yoxud sobiq elchining fikri oʻzgarishiga nima sabab boʻldi?
- Notinch dunyodagi tinch, barqaror mamlakat
- Namangangа yana 12 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
- 17 ta oliygoh Oliy taʼlim vazirligi tizimiga oʻtkazildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Daniya bilan hamkorlikni mustahkamlash uchun imkoniyatlar keng ekanini taʼkidladi
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi