Ayni paytda gullarga burkangan avtomobillar paradi Davlatobod va Yangi Namangan tumanlari hamda Namangan shahri markaziy ko‘chalari bo‘ylab harakatlanmoqda.
Avtokarvonni tomosha qilish uchun yo‘llar chetida minglab odamlar jam bo‘lgan. Festival mehmonlari va shahar ahli ushbu yorqin lahzalarni katta zavq bilan kuzatib, ularni telefon kameralariga muhrlamoqda.
Paradda namoyish etilayotgan turli bezakdagi avtomobillar, ayniqsa, o‘z davrining eng mashhur retro mashinalari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Namangan shahrida anʼanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan Gullаr festivali bu yil ham rang-barang kompozitsiyalar, bayramona muhit va ko‘tarinki kayfiyat bilan boshlandi.