Mutaxassislar tomonidan XI asrga oidligi aytilayotgan qilich, jangdan chiqqan holatda saqlangan. U qattiq poʻlatdan Axsikent temirchilari tomonidan yasalgan. Dunyo poʻlat markazi sifatida tan olingan Axsikentning yumshoq va qattiq poʻlati mashhur. Uning yaratilishi esa hozirgacha sir.
Ikkinchi aslaha esa XIV asrga oid boʻlib, uni Amir Temurning xos askarlari ishlatishgan.
Baqtriya tangasi 475-600-yillarga oid. Xitoy tangasi esa XIX asrga oid boʻlib, uni tarixchi olim Sherali Qoʻldoshev batafsil tadqiq etdi.
- Tanganing oʻng tomonidagi 2 iyeroglif:
Kashi / Kashi 喀什 — Qashqar. Chap tomonidagi 2 iyeroglif : san / san 参 — va jir / jin 金 – oltin, deb yozilgan. Tanganing tepa qismidagi 1 iyeroglif: guang / guang 光- yorugʻlik maʼnosini beradi Past qismidagi 1 iyeroglif: yuan / yuan 圓 yumaloq, yaʼni doira degan maʼnoni beradi.
Tanganinn oʻrtasidagi teshilgan joyidagi iyeroglifni oʻqish qiyin. Biroq, u shyuy 緒 iyeroglifini bildiryapti. Chunki Gaungshyuy / Guangxu 光緒 nomiga oʻxshayapti. U 1875 -1908-yillarda Xitoyni boshqargan, — deydi Sherali Qoʻldoshev.
Uchta nodir kitob esa, ilm-maʼrifatga, falsafa va tarixga oid boʻlib, unda noyob ilm bitilgan.