Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻtkazilgan nazorat tadbirida, birlashmaga tibbiyot uchun moʻljallangan oʻlchash vositalari va sinash uskunalari davlat metrologik qiyoslov koʻrigidan oʻtkazilmasdan foydalanilayotganligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Metrologiya toʻgʻrisida”gi, Qonunining 16, 20 moddalari talablariga amal qilinmaganligi aniqlandi.
Tekshiruv natijasida birlashmaga 126 dona tibbiy uskunalardan va oʻlchash vositalaridan foydalanishni taqiqlash boʻyicha koʻrsatma berildi.
Shuningdek, birlashma masʼuliga maʼmuriy chora koʻrildi.