Poliklinikada 320 tibbiyot xodimi tuman aholisiga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Kuniga 150 dan ortiq fuqaroga tibbiy xizmat koʻrsatish quvvatiga ega poliklinikada ultratovush, gastroskopiya, otorinolaringologiya, travmatologiya, kardiologiya, nevrologiya, stomatologiya xonalari tashkil etilgan.
40 ga yaqin tor sohadagi shifokorlarning tuman aholisiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatishi uchun zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar bilan toʻliq taʼminlangan.
Tadbir ishtirokchilari yangi poliklinikada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.