NNTga grant loyihalarini amalga oshirishda davlat organlari amaliy yordam koʻrsatadi

    Ijtimoiy hayot 19 Iyun 2022 2066

    Hukumat qarori bilan Mahalliy nodavlat notijorat tashkilotlarining xalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda davlat boshqaruvi organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

    Asosiy maqsad NNTning xalqaro grant loyihalarini amalga oshirishda davlat organlari tomonidan yuridik va texnik yordam koʻrsatish, loyihani aholining ijtimoiy muammolarini samarali hal etishga yoʻnaltirishda uslubiy koʻmak koʻrsatishdan iborat.

    Nizomga muvofiq:

    ▫️nodavlat notijorat tashkilotining xalqaro grant loyihasiga tegishli sohada vakolatli davlat organi milliy hamkor sifatida jalb etiladi;

    ▫️milliy hamkor xalqaro grant loyihasining samarali amalga oshirilishini taʼminlash, loyihani amalga oshirishda vujudga keladigan muammolarni tezkor hal etish, loyihaning mazmunidan kelib chiqib uni amalga oshirishda boshqa davlat organlarini jalb qilish va boshqa vazifalarni bajaradi;

    ▫️xalqaro grant loyihasini amalga oshirishda NNTga davlatning koʻmagini samarali tashkil etish maqsadida nodavlat notijorat tashkiloti bilan kelishilgan holda “yoʻl xaritasi” tasdiqlanadi.

    Nizom bilan davlat organlari zimmasiga nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birga ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari yuklatildi.