Keng ko'lamli islohotlar xalqimizda yangi O'zbekistonning kelajagiga katta umid va mustahkam ishonch uyg'otmoqda. CHunki odamlar islohotlar samarasini ko'zlari bilan ko'rib, qalblari bilan  his etib turibdi.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 oktyabrdagi “Toshkent viloyati Ohangaron tumanida chorvachilikni rivojlantirish to'g'risida”gi qarorida hududdagi mavjud er maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish hisobiga chorvachilikni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalar asosida chorva komplekslari qurish, aholi iste'moli uchun sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko'paytirish ko'zda tutilgan. Mazkur hujjatda 2019-2021 yillarda 35 ta loyiha asosida shuncha chorvachilik kompleksi qurish belgilangan. Loyihalarning umumiy qiymati 746 milliard 598 million so'mni tashkil etadi. 

Xo'sh, qarorda belgilangan vazifalar qay darajada bajarilmoqda? Qilinayotgan ishlar kutilgan natijani beryaptimi? Mazkur loyihalarning o'z vaqtida bajarilishi nazoratdami? SHu savollar bilan Ohangaron tumani hokimiga yuzlandik.

— Tumanimizda tadbirkorlar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash,  ilmiy yondashuvlar va ilg'or zamonaviy texnologiyalarni hayotga keng joriy etish, import o'rnini bosuvchi, eksportbop chorva mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlashni yanada kengaytirish, aholi farovonligini yuksaltirish va daromadlarini ko'paytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda, —  deydi hokim Abdurasul Abdullaev. — Davlatimiz rahbari Ohangaron tumaniga tashrifi chog'ida hududni chorvachilikka ixtisoslashtirish, buning uchun chorvachilik komplekslarini tashkil etish yuzasidan topshiriq bergan edi. Ushbu topshiriq va Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, tumanimizda qoramolchilikka ixtisoslashgan 17 ta, qo'y-echkichilikka ixtisoslashgan 13 ta chorvachilik kompleksi jadal sur'atlarda qurilmoqda. Hozir chorvachilikka ixtisoslashgan fermerlarimiz soni 161 tadan 210 taga ko'paydi. Ayni paytda tumanda qo'y-echkichilik yo'nalishida 148 ta, qoramolchilik yo'nalishida 56 ta, yilqichilik yo'nalishida 6 ta fermer xo'jaligi faoliyat ko'rsatmoqda.

Loyihalarni bajarish uchun o'tgan yili xorijdan angus va simmental zotli 1 390 bosh, shu yilning yanvar` — fevral` oylarida esa 1 425 bosh yirik shoxli mol, shuningdek, o'tgan yili hisori va edilbay zotli 5 300 bosh, joriy yilning dastlabki ikki oyida 2 050 bosh qo'y keltirildi. CHorvachilik yo'nalishida qiymati 936,9 milliard so'mlik 100 ta loyiha mavjud. Bu, albatta, Toshkent shahri va viloyati aholisining sut va go'sht mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Zamonaviy chorva komplekslari soni o'tgan yili  49 taga etgan bo'lsa, joriy yilda 21 ta ferma ishga tushadi. CHorvachilik yo'nalishida ishga tushiriladigan korxonalarda 2 400 dan ziyod yangi ish o'rni yaratiladi.

“Ubayd” mahallasi hududida joylashgan “Ulug`nur” fermer xo'jaligining yangi chorvachilik kompleksidagi qurilish jarayoni bilan  tanishdik.

Ohangaron tumani hokimligi Axborot xizmati rahbari elyor O'tbosarovning ta'kidlashicha, bu erda qiymati

27 milliard 720 million so'mlik majmua barpo etilib, yiliga 300 tonna go'sht etishtirish va 55 ta yangi ish o'rni yaratish belgilangan. “Ohangaron bo`rdoqi mollari” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan “CHinor” mahalla fuqarolar yig'ini hududida qiymati 7 milliard 311 million so'mlik chorvachilik kompleksi qurilishi boshlab yuborilgan. Loyiha bo'yicha chet eldan 2000 bosh naslli mayda shoxli mol keltirilib, yiliga 38 tonna go'sht va 36 tonna jun ishlab chiqariladi. eng asosiysi, tumanda CHorvachilik va naslchilik ilmiy-tadqiqot institutining Ohangaron filiali tashkil etilib, malakali olimlar sohaga ilm-fan yutuqlarini tatbiq etish bilan shug'ullanadi.

“Isa halol” mas'uliyati cheklangan jamiyatida chorvadorlar hayoti  va faoliyati bilan yaqindan tanishar ekanmiz, soha ortida baraka, halol rizq va daromad borligiga amin bo'ldik.

— Bolaligimdan tadbirkorlikka qiziqib kelaman, — deydi MCHJ rahbari Afzal Qayumov. — YOshlikdagi orzuimni amalga oshirish uchun o'qishdan, izlanishdan bir muddat ham to'xtamadim. Korxonamizni  2019 yil oktyabrda tashkil etgandik. Hozir 178 gektar erimiz bor. CHorvachilikni dastavval 250 bosh mol bilan boshlagan bo'lsak, ayni paytga kelib 485 boshga etkazdik.  Yiliga 6 tonna go'sht, 10 tonna sut mahsulotlarini ichki bozorga etkazib beramiz. ezgu niyatlarimiz ko'p. YAqin kelajakda sutni qayta ishlaydigan tsex tashkil qilmoqchimiz. Prezidentimiz chorvador, tadbirkor bo'laman deganga barcha imkoniyatlarni yaratib bermoqda. Bizning vazifamiz shu yurt obodligi, xalq farovonligi uchun ishlash.

Afzalning bildirishicha, yaqin kunlarda Avstriyadan simmental zotli 186 bosh qoramol olib kelishni rejalashtirgan. SHu yilning oxirigacha qoramollari sonini 1200 taga etkazib, 30 ta yangi ish o'rni yaratmoqchi. MCHJda ayni paytda 14 nafar yosh mehnat qilyapti.

“YAngihayot”  mahallasidagi  “Abdurahim ota” mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishish jarayonida chet davlatdan keltirilganiga endigina ikki kun bo'lgan chorva mollarini ko'rdik. 

— YAqinda ish boshlagan mazkur korxona sutchilikka ixtisoslashgan  bo'lib, loyihaning umumiy qiymati 63 milliard so'mni tashkil etadi, — deydi tuman hokimining qishloq xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosari To'lqin To'raev. — SHu yil oxirigacha qoramollar soni 1200 taga etkazilib, 30 ta yangi ish o'rni yaratiladi. Dastlabki bosqichda yiliga 6 ming tonna sut va 10 tonna go'sht etishtirishni ko'zda tutuvchi ushbu loyiha uchun 546 gektar er ajratib berildi. YAqin kunlarda bu erda bo'lajak chorvadorlarni o'qitishga mo'ljallangan ilmiy-o'quv markazimiz ham ish boshlaydi. Tadbirkor o'ziga ajratilgan erga ozuqa ekinlariga tomchilatib sug'orish texnologiyasini tatbiq etmoqda. Ma'lumot o'rnida aytishim mumkinki, tumanimizda so'nggi bir yilda shoxli qoramollar soni 5,5 foiz, sigirlar soni 1,8 foiz, qo'y va echkilar soni 2,5 foizga ko'paydi.

Bugun Ohangaron tumanida chorvachilik katta sur'atlarda rivojlanayotir. Tumanda chorva mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni yanada taraqqiy ettirish hamda aholi farovonligini yuksaltirish va daromadlarini ko'paytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu esa arzon, sifatli go'sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabni qondirish bilan birga, aholi bandligini ta'minlash va daromadlarini ko'paytirishga ham xizmat qiladi.

 

 

Gulichehra DURDIEVA,

“YAngi O'zbekiston” muxbir