Oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar beriladi

    2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada:

    Oilaviy tadbirkorlik, daromad topadigan faoliyat bilan shug'ullanish va faoliyatini kengaytirish istagidagi aholi hamda tadbirkorlarga – 3 oydan 6 oygacha bo'lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;

    chorvachilik (qoramol, qo'y, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yo'nalishi) uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;

    bog'dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo'jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga;

    "Hunarmand" uyushmasi a'zolariga – 3 yilgacha muddatga va aylanma mablag'larini to'ldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi, deb yozmoqda Oila va mahallani qo'llab-quvvatlash vazirligi matbuot xizmati.