OKMKda mashinasozlik zavodi barpo etilyapti

    Mazkur zavod ishga tushishi bilan yiliga 55 ming tonna ehtiyot qismlari ishlab chiqariladi.

    Xabaringiz bor, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida yirik mega loyiha sifatida eʼtirof etilayotgan “Yoshlik-1 konini oʻzlashtirish” investitsiyaviy loyihasi amalga oshirilmoqda.

    Loyiha doirasida qator ishlab chiqarish korxonalari, infrastrukturalar barpo etilayapti. Jumladan, loyiha doirasija qurilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasini texnologik uskunalarga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida yangi Mashinasozlik zavodi ham bunyod etiladi.

    Loyihaning umumiy qiymati 500 mln dollar boʻlib 2023-yilda uskunalarni xarid qilish va oʻrnatish ishlari amalga oshiriladi.

    Mazkur zavod ishga tushishi bilan 2500 ta yangi ish oʻrinlari yaratilib, yiliga 55 ming tonna ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi.

    Jumladan, 20 ming tonna poʻlat quyish ishlari bajariladi. 20 ming tonna ehtiyot qismlar (konus qoplamasi, tegirmon futerovkasi, kovsh tishlari va boshqalar), 15 ming tonna nostandart uskunalar (gʻalvir, konusli maydalagich, tasmali konveyer va boshqalar) tayyorlanadi.