Bundan tashqari, elektron sigareta chekish saratonga olib kelishi mumkin bo'lgan hujayralardagi o'zgarishlarini keltirib chiqaradi. Bu haqda Markaziy Florida universiteti tibbiyot kolleji olimlari ma'lum qilishdi.
Olimlar veyping karies rivojlanishiga sabab bo'luvchi Streptococcus mutans bakteriyasiga qanday ta'sir qilishini o'rganishdi. Ma'lum bo'lishicha, veyping suyuqligi immunitet himoyasini so'ndiradi va sog'lom og'izda yashovchi bakteriyalarning ko'payishini qiyinlashtiradi. Shu bilan birga, patogen mikroflora uchun qulay sharoit yaratadi.
Elektron sigareta iste'molchilarida zararli bakteriyalarning ko'payishi natijasida milklar yallig'lanadi, shuningdek, tishlar chiriydi va tushadi. O'zgarishlar hujayra darajasida sodir bo'ladi va bu, o'z navbatida, saraton o'smalari rivojlanish xavfini oshiradi, deb xabar beradi mir24.tv.