Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining deyarli 90 foizi  qazib olinadigan uglevodorodlar (86% - gaz, 4% - ko'mir va mazut) hisobiga ishlab chiqariladi. Resurslarni iste'mol qilishning hozirgi tendentsiyalari va hajmlari saqlanib qolgan taqdirda, O'zbekistonda qazilma uglevodorod zaxiralari keyingi 20-30 yilga etadi. Shu sababli qayta tiklanuvchi energiya manbalariga bo'lgan talab ortib boraveradi.

Vodorod – eng keng tarqalgan element sanalib, uning yonishidan katta miqdorda energiya hosil bo'ladi. eng muhimi, bu jarayonda zararli gazlar ajralib chiqmaydi, faqat toza suv hosil bo'ladi. Insoniyat vodorod energetikasining afzalliklarini ancha oldin anglab etgan, biroq yirik sanoat ko'lamida undan yoqilg'i sifatida foydalanish yo'lga qo'yilmagan. elementning er yuzida toza holda uchramasligi buning asosiy sababi sanaladi. Kimyoviy birikmalardan ajratib olingan vodorod esa qazilma uglevodorodlardan ancha qimmat.

Innovatsion rivojlanish vazirligi vodorod energetikasi texnologiyalari sohasini rivojlantirish maqsadida sohada faoliyat yuritayotgan yosh olim va mutaxasisslarning xorijning etakchi ilmiy muassasalarida stajirovka yubormoqda. Shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan iqtisodiyot tarmoqlarida “yashil” vodorod texnologiyalarini joriy etish bo'yicha pilot loyihalarini amalga oshirish hamda tajriba-sinov qurilmalarini barpo etish bo'yicha takliflar ishlab chiqildi. 2022 yil 25 mayda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan  ishlab chiqilgan “Vodorod energetikasi texnologiyalari sohasida vodorodni olish, saqlash va tashish texnologiyalarini yaratish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari dasturi” ishlab chiqilgan.

Dasturga ko'ra, quyoshning mujassamlashgan  yorug'lik oqimining issiqligi ta'sirida va katalizatorlar yordamida vodorod olish texnologiyasi yaratiladi va uning asosida 1700  haroratgacha termokimyoviy usulda vodorod olish qurilmasining tajriba namunasi ishlab chiqiladi. Shuningdek, mahalliy xomashyodan suvni elektroliz usulida parchalab, vodorod gazini ajratib olish jarayonida qo'llaniladigan katalizator turlari yaratiladi.

Olimlar vodorod gazini saqlashga mo'ljallangan mahalliy xomashyodan foydalangan holda metalgidridlar namunalari yaratiladi hamda ularda saqlanayotgan vodorodni ajratib olish va qo'llash texnologiyasini ham ishlab chiqmoqda. Ammiak va vodorodli yoqilg'i elementlaridan foydalangan holda vodorod gazida xarakatlanuvchi transport vositasi hamda “Yashil” vodorod yoqilg'isidan issiqlik va elektr energiyasini olishga mo'ljallangan  qurilmaning tajriba namunasini ishlab chiqish esa, soha izlanuvchilari tomonidan amalga oshirilayotgan eng qiziqarli loyihalardan biri sanaladi.  

Diyora ESHONQULOVA,

O'zJOKU talabasi