Olis hududlardan qatnaydigan maktab oʻquvchilari uchun avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

    Samarqand va Jizzax viloyatining olis va chekka hududlarda joylashgan maktab oʻquvchilari uchun bepul avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

    Bu haqda 2025-yil uchun davlat dasturi loyihasida koʻzda tutilgan.

    Qayd etilishicha, Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi 100 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabida olis hududlardan qatnaydigan oʻquvchilarni avtobuslar bilan maktabga qatnovi autsorsing asosida tashkil etiladi.

    Shuningdek, “El-yurt umidi“ jamgʻarmasi koʻmagida har yili 20 nafar maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari oʻqituvchi-trenerlari xorijiy davlatlarga malaka oshirish uchun yuboriladi.