Unga koʻra, shu kunlarda Soʻx tumanida viloyat “Agro-Pilla” MCHJ boshqaruv raisi boshchiligidagi ishchi guruh tuman sektor rahbarlari bilan birgalikda tizimli chora-tadbirlar ustida ish olib bormoqda.
Tumanda yangi tutzorlar barpo qilish hamda eskirgan tutzorlarni qayta rekonstruksiya qilish hamda tumanda yangi “Pilla sayqali zamini” MCHJ pillachilik korxonasini faoliyatini yoʻlga qoʻyish yuzasidan sektor rahbarlari hamda Viloyat “Agro-Pilla” MCHJ boshqaruv raisi tomonidan chora-tadbirlar kelishib olindi.
Endilikda tumanda “Pilla sayqali zamini” MCHJ pillachilik korxonasi sifatli pilla xom ashyosini yetishtirish yuzasidan oʻz faoliyatini boshladi.
Bundan tashqari joriy yilda ipak qurti parvarishlash mavsumida olib borilishi lozim boʻlgan ishlar toʻgʻrisida tuman xokimi tomonidan sektor rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Soʻx tumaning ishsiz fuqarolariga rahbarlar tomonidan ipak qurti parvarishlab erishiladigan imkoniyatlar va daromadlar toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi hamda bir gektar maydonga tutzor barpo qilib pilla yetishtirish yuzasidan xam tushunchalar berildi.
Uchrashuv soʻngida Navroʻz bayrami hamda “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan pillakor ayollarga esdalik sovgʻalari topshirildi.
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi
Matbuot xizmati