“Omikronga chalingan bemorlar orasida ta'm va hid yo'qolishidan ko'ra, bel og'rig'i bilan bog'liq shikoyatlar ko'paydi”, deydi shifokor Enn Meri.

Mutaxassislarning fikricha, mushaklar og'rig'iga organizmdagi yallig'lanish jarayonlari sabab bo'ladi.

Tibbiyot xodimlarining qayd etishicha, hatto, koronavirusga chalinib, tuzalganlar ham beldagi og'riqlar masalasida shifokorlarga murojaat qilishmoqda. Bu mazkur simptom koronavirusni yuqtirganlarda uzoq vaqt saqlanib qolishidan dalolat bermoqda, deb yozadi m24.ru.