Olimlar Omikronni o'rganish jarayonida mazkur shtamm Uxan shahrida aniqlangan birinchi variant — SARS-CoV-2 ga qarganda 59 ta aminokislota mutatsiyasiga ega ekani ma'lum bo'ldi.
Genomdagi bunday miqdordagi o'zgarishlar (alfa, beta, deltadan farqli ravishda) tufayli virus antitanachalarni osonlik bilan chetlab o'tishi isbotlandi.
Bundan tashqari, Omikron yangi — BA.1.1 i BA.2 turlariga ega. Qolaversa, ushbu shtamm o'zining shaklini o'zratirish xususiyatiga ega, bu esa immunoglobulinlar ishini qiyinlashtiradi. Shuningdek, u katta miqdorda glikanlarga ham ega. Bu esa unga boshoqli oqsillarni antitanachalardan yashirish imkonini beradi.
Tadqiqotchilar bunday tahlillar koronavirus infeksiyasiga qarshi dori vositalarini qayta ko'rib chiqish, COVID-19 ga qarshi yangi avlod vaksinalarini ishlab chiqishda asqatishini ta'kidlashmoqda, deya xabar beradi lenta.ru.