Ona va bola salomatlik markazi va JSST ekspertlari tugʻishga tayyorlashga yangicha yondashuvni qoʻllaydi

    Salomatlik 26 Yanvar 2024 2762

    Tugʻishga tayyorlash boʻyicha jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan yang tavsiyalar qabul qilindi. Oʻzbekistonda ushbu yangi maʼlumotlarni toʻlaligicha inobatga olgan holda milliy klinik protokol ishlab chiqildi.

    Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tugʻishga yordam berish kabi muhim masalada nafaqat ishlab chiqish va qabul qilish, shu bilan birga uning barcha jihatlarini xalqaro tajriba asosida inobatga olish yoʻlini tanlagan. Shu maqsadda JSSTning xalqaro ekspertlari bilan maslahatlar olib borilyapti. Shunday tadbirlardan biri 25-yanvarda tashkil etildi.

    JSSTning yangicha yondashuvining mohiyati nimada? Agar keng tushuncha beradigan boʻlsak, unda ayol tugʻruq xonasiga toʻlgʻoqning birinchi belgilarida emas, aynan tibbiy koʻrsatkichlar boʻyicha, yaʼni homila belgilangan shiddat bilan kelayotgan faol fazada kiritilishi kerak. Albatta bunday yondashuv murakkab boʻlmagan tugʻruqlarda qoʻl keladi.

    JSST eksperti tibbiyot fanlari doktori Tinatin Gauga bugungi kunda koʻpgina mamlakatlarda qoʻllanilayotgan tugʻruqqa anʼanaviy yondashuvni shunday tushuntirdi: “Toʻlgʻoqning dastlabki belgilarida va faol faza boshlangunga qadar tugʻruqxonaga tushishda oradan bir necha soat vaqt oʻtadi, va bu shifokorlarni tugʻruqni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorga kelishga majbur etadi. Lekin bu holatda qoʻzgʻatish yordam bermaydi. Bu esa yana bir keskin qaror — keserevani qoʻllash qarorini qabul qilishni keltirib chiqaradi. Agar ayol tugʻruqxonaga aynan JSST tavsiyalaridagi koʻrsatkichlar yuzaga kelgandagi faol fazada kiritilsa, unda quyidagi ijobiy natijalarga olib kelishi mumkin: ayolning tugʻruq zalida oz vaqt boʻlishi, ortiqcha tibbiy aralashuvlarning kamayishi, koʻproq tabiiy yoʻl bilan tugʻish, keserevalar sonining kamayishi. Toʻlgʻoq holati boshlangan, lekin faol faza boshlanmagan ayol tibbiyot muassasada shifokorlar tomonidan kuzatilishi mumkin, lekin tugʻruq zaliga tushmaydi”.

    JSST eksperti aynan Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash tizimi toʻliq JSST tavsiyalariga muvofiq yoʻl tutayotganiga urgʻu berdi. Ekspert va RIOvaBSIATM rahbariyati tomonidan taʼkidlanganidek, bu tegishli milliy protokolning qabul qilinishi bilan Oʻzbekistondagi barcha tugʻruqqa tibbiy yordam xizmatlari oʻsha zahoti yangi talablarga oʻtishini bildirmaydi.

    RIOvaBSIATM direktori Natalya Nadыrxanova taʼkidlaganidek, eng avvalo yangi protokol qoidalariga oʻqitish vazifasi turibdi. Undan tashqari, hududlarda milliy protokol asosida mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda mahalliy standartlar ishlab chiqilyapti.

    Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.