Oʻqishni koʻchirish boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari eʼlon qilindi

    Ta'lim 23 Avgust 2023 1724

    Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Bilimni baholash agentligiga taqdim etildi.

    OTMlar tomonidan taqdim etilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari test sinovi natijalari bilan birga hisoblanib, my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlariga joylashtirildi.

    Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

    1. my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

    2. mandat.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2023” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

    3. Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2023” bo‘limidan):

    @e_dtm_mandatbot
    @e_dtm_mandat1bot
    @e_dtm_mandat2bot
    @e_dtm_mandat3bot
    @e_dtm_mandat4bot