Unda uch avlod vakillari va deputatlar ishtirok etib, eng asosiysi yoshlar yurtimiz ekologiyasini yaxshilash yoʻlida oʻzlarining salmoqli hissasini qoʻshdi.
Tadbirning ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar, barcha mehnatkashlarga mashaqqatli, shuning bilan birga sharafli ishlarida zafarlar tiladi.
Shuningdek, tadbirda Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, yoʻl xoʻjaligi va Favqulodda holatlar boshqarmasi xodimlari ekish ishlarini tashkillashtirish ishlarida koʻrsatgan faolligi hamda yurtimiz obodligi yoʻlidagi xizmatlari uchun medallar bilan taqdirlandi.
Orol dengizining qurigan tubida “yashil qoplamalar” paydo etish maqsadida urugʻlarni yigʻish va himoya oʻrmonlarini paydo qilish ishlarida har yili mingdan ortiq mashina-mexanizmlar, kichik aviatsiya va ishchi kuchi ishtirok etmoqda.
Bundan keyin keng koʻlamli ishlarni ushbu yilda ham davom ettirish maqsadida Orol dengizining qurigan tubida aviatsiya, texnika yordamida urugʻ va nihol ekish ishlari olib borilishi belgilanib, jami 300 ming gektar maydonda oʻrmonzorliklar paydo etish ishlari rejalashtirilgan.
Bugun ushbu ezgu tashabbus asosidagi ishlar boshlab yuborildi va hududga saksovul, qandim, cherkes kabi choʻlga chidamli oʻsimliklar ekiladi. Shu asosda “Orol chekinsa ham, inson chekinmaydi” degan ezgu gʻoya amalda hayotga tatbiq etilmoqda.