Uchrashuvda Oʻzbekistonda Espo Konvensiyasi va SEB protokoliga muvofiq ekologik baholash tizimini joriy qilish boʻyicha qilinayotgan ishlar haqida maʼlumot berish bilan birga ushbu tizimning mamlakatimiz uchun ahamiyatli boʻlgan jihatlari haqida fikr almashildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida strategik ekologik baholash boʻyicha pilot loyihaning 2-fazasini amalga oshirish, ushbu jarayonlarda Orxus konvensiyasi talablarini ham hisobga olish boʻyicha takliflar bildirildi.

Shu bilan birga, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda Orxus konvensiyasi kotibiyati tashabbusi bilan Davlat ekologiya qoʻmitasi qoshida Orxus markazini tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi hamda mazkur loyihani amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi, deb yozmoqda Davlat ekologiya qoʻmitasi matbuot xizmati.