OTB Surxondaryo va Buxoro viloyatlaridan oʻtuvchi avtomobil yoʻllarini taʼmirlashga kredit ajratdi

    Moliya 7 Aprel 2022 948

    Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekistonga “Milliy avtomobil yoʻllarini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish uchun 24 yil muddatga, shu jumladan toʻrt yillik imtiyozli davrga 273,8 million AQSH dollari miqdorida kredit ajratishni maʼqulladi.

    Ajratilayotgan puldan 183,8 mln AQSH dollari “4R105 Darband – Boysun – Elbayon” avtomobil yoʻlining 5-70 km va 4R100 “Manguzar – Jarqoʻrgʻon – Bandixon -Oltinsoy – Denov” avtomobil yoʻlining 128-174 km qismlarini rekonstruksiya qilish" loyihasini amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.

    Shuningdek, 90 mln AQSH dollari “AZ80 Gʻuzor – Buxoro – Nukus – Beyneu” avtomobil yoʻlining 228-315 km (87 km) qismini rekonstruksiya qilish"loyihasini yakunlashga ishlatiladi.

    Qayd etilishicha, loyihani amalga oshirish muddati 6 yil (2022-2027-yillar, shu jumladan toʻrt yillik imtiyozli davr).